- Maqola:
- Ishlab chiqaruvchi: Limon Market
Epson L3210 Rangli printer, skaner, nusxa ko'chiruvchi
- Maksimal ruxsat: 5760 * 1440 dpi
- Chop etish turi: Inkjet
- Chop etish rangi: Rangli
- Ranglar soni: 4 ta rang
- Mos keladigan siyoh: 103 Siyoh
- Maksimal format: A4
- Funktsionallik: Сhop etish, Nusxalash, Skanerlash
- Rangli chop etish tezligi (A4): sahifa 15 daqiqa
- Qora chop etish tezligi (A4): daqiqada 33 sahifa
Epson L3210 — bu 3 tasi 1 da (printer, skaner va nusxa koʻchirgich) KFQ (koʻp funksiyali qurilma) ning yangi avlodi boʻlib, siyohlarni toʻldirish uchun frontal idishlarga ega, siyohlar tasodifan toʻkilib ketishidan saqlovchi klapan oʻrnatilgan hamda siyoh toʻldirishning takomillashtirilgan «Key Lock» tizimi mavjud.
«Key Lock» — xatosiz siyoh toʻldirishning mislsiz tizimi
Siyoh idishlarini toʻldirish jarayoni endi yanada qulayroq — turli rangdagi konteynerlarning siyoh quyiladigan joʻmraklari turlicha boʻlib, qulf˗kalit tamoyiliga muvofiq faqat oʻziga tegishli siyoh quyish teshigiga mos keladi.
«Ink Lock» klapani — bir tomchini ham chetga chiqarmaydi
YAngi avlodga mansub siyoh konteynerlari tasodifan toʻkilib ketishning oldini oluvchi maxsus klapan bilan jihozlangan.
Konteynerni siyoh quyiladigan teshikka oʻrnatilganidan keyin klapan ochilib, siyoh chop etish tizimiga quyila boshlaydi. Konteynerni siyoh quyish teshigidan chiqarib olishingiz bilanoq klapan yopilib qoladi va teskari turgan holatda ham siyoh uning ichidan oqib chiqmaydi.
Kartridjli qurilmalardan 25 karra afzal [1]
Siyohli konteynerlar shunga oʻxshash kartrijlardan 2,5 marta arzonroq, boz ustiga, konteynerlardagi siyohmiqdori kartrijlardagidan 10 karra koʻproq. Oʻzingizning bosma ehtiyojlaringizni cheklamang, «Epson EcoTank» bilan siz kamroq pul toʻlab, koʻproq siyohga ega boʻlasiz.
3 yilgacha sarflanma materiallarni sotib olmasdan chop etavering [2]
Siz qoʻshimcha siyoh sotib olishingiz uchun ehtiyoj qolmaydi, chunki yetkazib berish jamlanmasida siyohli konteynerlar toʻplami mavjud. Konteynerlarning bitta toʻplami 7500 ta rangli va 4500 ta oq˗qora hujjatlarni chop etish uchun yetarlidir [3].
Fotobosmaning takomillashgan tizimi
Epson L3210 fotobosmaning takomillashtirilgan tizimidan foydalanadi – endilikda jilolarning shakllanishida faqatgina rangi siyohlar emas, balki qora siyoh ham ishtirok etadi. Bu esa fotosuratlarning tiniqligini ta’minlaydi va bir muncha toʻlaqonli qora rang olish imkonini yaratadi.
Bosmaning yuqori sifati va ishonchliligi
CHop etishning mislsiz texnologiyasi va siyoh solinganidishlardagi bosim aniq nazorat qilinishi sababli Epson Micro Piezo sizga hamisha oliy sifatli bosmani taqdim etadi. Qurilmaning butlovchilari maxsus ishlab chiqilgan materiallardan tayyorlangan, bu esa printer uzoq vaqt davomida buzilmasdan xizmat qilishini ta’minlaydi. Epson L3218 uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan 12 oyga yoki 30000 bosmаga rasmiy kafolat beriladi [4].
Yaxshilangan boshqaruv paneli
YAngi mahsulot yanada yaxshilangan teksturali boʻrtma panel bilan jihozlangan – bu sizning qurilmangiz har qanday ichki sharoitda ham kuchli taassurot uygʻota oladigan darajada koʻrinish baxsh etadi, shuningdek boshqaruv paneliga barmoq izlari yuqib qolishiga yoʻl qoʻymaydi.



